Turkmaniston va Eron o'rtasida mahbus almashtirish jarayoni...

Turkmaniston va Eron o’rtasida mahbus almashtirish jarayoni...


Turkmanistonda qo’lga olingan yoki jazoga mahkum etilgan 283 nafar Eron fuqarosi Lutfobod chegara postida sud vakillari nazoratida Eron mulozimlariga topshirildi.


Eron bilan Turkmaniston o’rtasida ikki davlat chegarasida qo’lga olingan va jazoga mahkum etilgan shaxslarni almashtirish jarayoni amalga oshirildi.

Bu haqda Eronning IRNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qiladi.

Turkmanistonda qo’lga olingan yoki jazoga mahkum etilgan 283 nafar Eron fuqarosi Lutfobod chegara postida sud vakillari nazoratida Eron mulozimlariga topshirildi.

Buning evaziga Eron ham turkmanistonlik 4 mahbusni Turkmanistonga topshirdi.

Mahbuslarni almashtirish jarayoni Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ikki kun oldin Ashxabodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan bo’lib o’tgan muzokaralar yakunida olingan qarorga muvofiq amalga oshirildi.

Eron tashqi ishlar vazirligi kotibi Behram Qosimiy ma’lum qilishicha, mamlakatga qaytarilgan mahbuslar orasida o’tgan hafta Kaspiy dengizida Turkmaniston dengiz hududi chegaralarini buzib o’tganligi sababli qo’lga olingan ikki nafar baliqchi ham bor.

Eslatma: Shu yilning 21-mart kuni tunda Turkmaniston chegara xizmati xodimlari Kaspiy dengizida turkman hududiga o‘tgani uchun o‘t ochib eronlik ikki baliqchini o‘ldirgan edi va ikki nafarini qo‘lga olgan edi.

Yorumlar (0)